2021-yil 30-oktabrdan 7-noyabrgacha ishlanmaydigan kunlarni belgilash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekkan hamda mamlakatda epidemik vaziyat og‘irlashganiga ishora qilgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin epidemiya ko‘plab mintaqalarda oshgani, emlash esa sustligini ta'kidladi.

Mintaqa rahbarlari sanitariya-epidemiologik vaziyatga va o‘z hududida koronavirus tarqalishining o‘ziga xos xususiyatlariga asoslanib, 30 oktyabrgacha ham qo‘shimcha ishlamaydigan kunlarni belgilash va 7-noyabrdan keyin ish haqini saqlab qolgan holda uzaytirishga haqli.

Ishlanmaydigan kunlar sabab zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan kichik va o‘rta biznes turlariga yordam ko‘rsatish masalasi ham ko‘rib chiqilishi belgilandi.

Ma'lumot o‘rnida: Rossiyada yangi turdagi koronavirus (Covid-19) dan har kuni kasallanish va o‘lim holatlari soni ortib bormoqda. Koronavirus infeksiyasini nazorat qilish va profilaktika markazi tarqatgan bayonotga ko‘ra, oxirgi 24 soat ichida kasallanganlar soni 34 ming 73 taga oshib, 8 million 94 ming 825 nafarga yetgan.