Rossiyada bir kunda mingdan ortiq uy suv ostida qoldi

    Rossiyada bahorgi suv toshqinlari oqibatida suv bosgan turar-joy binolari soni bir kunga mingdan oshdi.

    “Rossiya Federatsiyasi hududida bir sutka davomida suv bosgan uylar soni 1097 taga ko'paydi, 17-aprel kuni ertalab 203 ta aholi punktida ularning soni 16 057 tani tashkil etdi. Bir kun ichida suv ostida qolgan hovli-joylarning soni 31 039 taga ko'paydi, bu avvalgi kunga nisbatan 3 351 taga ko'pdir”, dedi agentlik suhbatdoshi.

    Uning so'zlariga ko'ra, avvalgidek, suv ostida qolgan eng ko'p turar-joy binolari Orenburg viloyatida – 15 112 ta, Kurgan viloyatida – deyarli 670 ta, Samara viloyatida – 173 ta. Bundan tashqari, chorshanba kuni ertalabki holatiga ko'ra, Rossiyada 97 ta ko'prik va 89 ta magistral yo'l suv ostida qoldi, deb xabar beradi tass.ru.