Xabarga ko'ra, bola otasi bilan o'rmondagi tuman vasiylik va ichki ishlar bo'limlariga biriktirilgan uysizlar lagerida yashaydi. Shuningdek, bolaning otasi O'zbekiston fuqarosi ekanligi aniqlangan. Qayd etilishicha, elchixona u va otasining shaxsini aniqlashda hamda O'zbekistonga qaytish uchun guvohnomani berishda yordam berishini ma'lum qilgan.

Sakkiz yoshda deb taxmin qilinayotgan bola bolalar maydonchasida tengdoshlari bilan o'ynash maqsadida borgan vaqtida ko'ringan. Aniqlanishicha, bola uysizlar yonidagi o'rmon kulbasida yashaydi. Ular bolani kichkina Maugli deb atashadi. Ta'kidlanishicha, bola uysizlar lagerida tug'ilib, o'sha erda o'smoqda. Uning otasi O'zbekistonda tug'ilgan, onasi esa ukrainalik, yaqinda yurak xastaligidan vafot etgan. Bolaning aniq yoshi noma'lum.