Rossiyada COVID-19 tufayli qoʻshimcha chegaralanishlar joriy etilishi mumkin

    Dolzarb 27 Oktabr 2020 417

    Rossiya Federatsiyasining Bosh sanitar shifokori Anna Popova agar koronavirus boʻyicha kasallanishning hozirgi bosqichini uddalay olmasak, yangi chegaralanishlar kiritilishidan ogohlantirdi.

    “Agar biz mazkur bosqichdan yaxshi oʻta olmasak, unda qoʻshimcha chegaralanishlar haqida gap ketadi”, — dedi Anna Popova. U kishi shuningdek, hozirgi paytda eng muhimi — koronavirus bilan kasallanishning yana-da keng tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik, va buning uchun har bir kishining yuzga niqob taqishi, qoʻllarga qoʻlqop kiyishi, oʻzini har qanday mumkin boʻlgan usul bilan himoya qilishi kerakligini tushuntirdi.

    Avval xabar berganimizdek, 27-oktyabrda Rossiya Federatsiyasining Bosh sanitar shifokorining tegishli qarori matbuotda eʼlon qilingandi. Unda Rospotrebnadzor barcha rossiyaliklarga ommaviy toʻplanish joylarida niqobda boʻlish, hududlarga esa tomosha-koʻngil ochar tadbirlarini oʻtkazmaslik, umumiy ovqatlanish xizmatini koʻrsatishni soat 23 dan ertalab 6 gacha taqiqlash kerakligi buyurilgan, deb xabar beradi Rossiyskaya gazeta.

    Mazkur sanitar idorasida shuningdek, “bir vaqtning oʻzida 50 nafardan ziyod kishi toʻplanishi mumkin boʻlgan qishloq yoki shahar hududidagi umumiy foydalaniladigan hudud, yoki ulardan tashqarida maxsus ajratilgan hudud, yoki binodagi, inshootdagi, boshqa obyektdagi umumiy foydalaniladigan joy” ommaviy toʻplanish joylari deb tushuntirilgan.