Olimlarning ma'lum qilishicha, tajribada uni ishlab chiqqan, klinik tadqiqotlargacha ishlarni tashkil etgan insonlar, texnologlar ishtirok etishgan va ularda immunitet saqlanib qolgan, hech qanday salbiy ta'sirlar aniqlanmagan. Markaz direktorining so'zlariga ko'ra, vaktsina sinab ko'rilgandan so'ng, barcha ixtirochilar “tirik, sog'lom va baxtli".

Hozirda vaktsina klinik sinovgacha davrning yakuniy bosqichida va primatlarda qo'shimcha tekshirilmoqda. Tekshirishlar natijasi olinganidan so'ng klinik tadqiqot uchun Sog'liqni saqlash vazirligining ruxsati talab etiladi va shundan keyin ko'ngillilarda sinov boshlanadi.

Vaktsinaning klinik sinovlarini yoz oxirigacha yakunlash rejalashtirilmoqda.