Mehnat migrantlari uchun Moskva, Sankt-Peterburg, Kazan, Yekaterinburg va Novosibirsk shaharlarida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha 1 oylik (72 soat) va 2 oylik (144 soat) oʻquv kurslari tashkil etiladi:

  • rus tili;
  • oʻz kasbi boʻyicha malaka oshirish;
  • yangi kasb oʻrganish.

Malaka oshirish va kasb oʻrganish kurslarida xizmat koʻrsatish, qurilish va kompyuter texnologiyalari sohasida dars oʻtiladi.

Kurslar kunduzi va ishlovchilar uchun ish vaqtidan keyin 19:00 dan 22:00 gacha tashkil etiladi.

Kurslarga har kuni qatnab oʻqishga imkoni boʻlmaganlar uchun oʻquv markazlarida yotoqxona tashkil etiladi. Kurslar va yotoqxona xarajatlari mehnat migrantlari uchun butunlay bepul.

Oʻquv kurslari yakunida “World skills” standartlari asosida oʻqiganlikni tasdiqlovchi va malaka darajasini koʻrsatuvchi skills passport (malaka pasporti) beriladi.

Agar siz mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga bepul oʻqib, oʻz malakangizni oshirmoqchi boʻlsangiz:

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining telegramdagi @uzrivoj_bot tizimi;

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining +998 71 202 33 55 telefon raqami;

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasining +7 925 759 59 25 telefon raqami orqali murojaat qilib, ariza qoldirishingiz mumkin.

Rossiya Federatsiyasida faoliyat yuritayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan mehnat migrantlarini bepul kasbga oʻqitish loyihasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “World skills Uzbekistan” assotsiatsiyasi, “Worlds kills Russia” ittifoqi va Rossiya xalqlar doʻstligi universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.