Rossiyada gaz chiqindilaridan benzin ishlab chiqarish taklif qilindi

    Tomsk politexnika universiteti olimlari gaz kondensatlaridan motor benzinini hosil qilish texnologiyasini ishlab chiqdi.

    Ularning fikricha, hosil bo'lgan benzin zamonaviy standartlarning barcha talablariga javob beradi va sifati bo'yicha yoqilg'i quyish shoxobchalarida sotilayotganidan qolishmaydi.

    Tomsk politexnika universiteti tadqiqotchilari tabiiy gazning kundalik hayotda qo'llanilishidan oldin tayyorgarlik bosqichidan o'tishini, natijada gazining o'zi va turli xil qo'shimcha mahsulotlar ishlab chiqarilishini tushuntirdi. Masalan, barqaror gaz kondensatlari yengil va ma'lum sharoitlardagi suyuq uglevodorodlardir.

    Universitet olimlari katalizator zarrachalarining kattaligi, texnologik jarayon parametrlari va xomashyo tarkibi ta'sirini hisobga olgan holda gaz kondensati suyuqliklarini zarracha ​katalizatorida qayta ishlash orqali gaz kondensatlaridan motor benzini komponentlarini olishga muvaffaq bo'ldi. Benzinni aralashtirishning tayyor retseptlari ham ishlab chiqilgan.

    Tomsk politexnika universitetida ta'kidlanganidek, loyiha hozirda laboratoriya sharoitida to'liq amalga oshirildi va tadqiqot guruhi kelgusida to'liq hajmli texnologiyani ishlab chiqishni rejalashtirgan.

    Tadqiqot Rossiya ilmiy jamg'armasi granti tomonidan qo'llab-quvvatlandi, deb xabar beradi ria.ru.