Rossiyada ishlab chiqarilgan robot Rubik kubigini yig'ish bo'yicha jahon rekordini o'rnatdi

    Rossiyada ishlab chiqarilgan robot Rubik kubigini eng tez yig'ish bo'yicha jahon rekordini yangiladi. Buning uchun atigi 0,203 soniya sarflandi.

    Avvalgi rekordchi yapon roboti edi. Buning uchun unga 0,305 soniya vaqt kerak bo'lgan.

    “Men kubikni yig'ish uchun maxsus robot ishlab chiqdim va hamma ishlata oldigan komponentlardan foydalandim – masalan, avtonom jihozlar uchun motorlar va o'yin pristavkalari uchun kameralar”, dedi robot ixtirochisi Aleksandr Krotov.

    Taqqoslash uchun, odam tomonidan Rubik kubigini yig'ish uchun ketgan eng qisqa vaqt 3,13 soniyani tashkil qiladi, deb xabar beradi mir24.tv.