Rossiyada ishlagan davr pensiya tayinlashda hisobga olinadimi?

    Mamlakatimizda 13 Iyul 2020 2584

    Amaldagi pensiya qonunchiligiga asosan Chet elda ishlangan davrlar quyidagi shartlarga koʻra mehnat stajiga qoʻshiladi,

    2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlangan taqdirda;

    2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy soliq toʻlangan taqdirda.

    Chet elda ishlagan davrlar uchun ijtimoiy soliqlar toʻlash Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46 son bilan tasdiqlangan Nizomida belgilangan. Bunda chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs pensiya bilan taʼminlanish miqdoridan kelib chiqib Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov miqdorini mustaqil ravishda, biroq yiliga Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov toʻlash sanasida qonun hujjatlarida belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining toʻrt yarim barobari miqdorda belgilashi mumkin.

    Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs tomonidan yagona ijtimoiy toʻlov toʻlash quyidagi tartibda amalga oshirilishi mumkin:

    har oyda yoki har chorakda;

    biryoʻla — Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan kunidan boshlab uch yil mobaynida.