Avval xabar berganimizdek, Rossiya Federatsiyasi Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida 4 mingdan ziyod boʻsh ish oʻrinlari taklif etgan edi.
Yurtdoshlarimiz 14 kunlik karantindan soʻng belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish obyektlarida ish boshlaydi.
Ularning transport, ovqatlanish, patent va yashash xarajatlari, agarda ishchida kasallik aniqlansa, uning davolanishi ish beruvchi kompaniyalar tomonidan taʼminlanishi, shuningdek, oylik ish haqi oʻrtacha 40-60 ming rublni tashkil etishi belgilangan.
Taʼkidlash joiz, joriy yilning 31-iyul kuni 144 nafar, 12-avgust kuni 84 nafar fuqarolarimiz aynan mazkur zavod qurilishida ishlash uchun tashkillashtirilgan holda joʻnab ketgan edi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.