Rossiyada koronavirusga qarshi kurash choralari kuchaytirildi

    Dolzarb 27 Oktabr 2020 616

    Rospotrebnadzor rossiyaliklarga odam koʻp toʻplanadigan joylarda, transportda, avtoturarjoylar va liftda niqobda boʻlishni tavsiya etdi. Bu haqdagi qaror 28-oktyabrdan kuchga kiradi. Bir vaqtning oʻzida 50 nafardan koʻp kishi toʻplanishi mumkin boʻlgan hududlar ommaviy toʻplanish hisoblanadi.

    Shuningdek Rospotrebnadzor quyidagilarni tavsiya etadi:

    • Tomosha-koʻngil ochar joylarga borishdan voz kechish, hamda kafelarning soat 23:00 dan 06:00 gacha ishlashini toʻxtashini;
    • Transport vositalarida, taksi, doʻkonlarda, restoran va teatrlarda dezinfeksiyani kuchaytirish;
    • Hududlarda har 100 ming aholi orasida 150-martadan kam boʻlmagan koronavirus holatini oʻrganish oʻtkazish.

    Shu bilan birga mavjud chegaralanishlar ham saqlanib qolinadi.

    Ayniqsa poytaxtda vaziyat bir muncha murakkab. Moskvaliklar niqob tartibiga qatʼiy rioya etishlari zarur. Ishchi xodimlar va maktabning yuqori sinf oʻquvchilarining bir qismi masofadan faoliyat yuritish va oʻqishga oʻtgan. Nafaqaxoʻrlar va surunkali kasalligi bor kishilardan imkon qadar uyda qolishlari soʻralyapti.

    Pandemiya deyarli butun mamlakatni egalladi. 42,7 milliondan oshiq kishi kasallangan, 1,1 milliondan koʻp odam vafot etgan.

    Rossiya kasallanganlar soni boʻyicha dunyoda toʻrtinchi oʻrinni egallab turibdi.

    stopkoronavirus.rf. portalida taqdim etilgan maʼlumotga koʻra, COVID-19 boʻyicha Rossiyadagi va dunyodagi soʻngi koʻrsatkichlar boʻyicha mamlakatda bir yarim milliondan ortiq infeksiya yuqtirish kuzatildi. Ulardan 1,15 millioni davolanib chiqdi, 26 mingdan koʻpi vafot etdi, deb xabar beradi RIA Novosti.