Rossiya Federatsiyasi IIV e’lon qilgan jinoyatchilik holati to‘g‘risidagi statistikada qayd etilishicha, mamlakat hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,2 foizga ko‘paygan. Jinoyatlarning 7 504 tasi MDHga a’zo davlatlar fuqarolari hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich esa 11,5 foizga kamaygan.
Shuningdek, joriy yilning 1-choragi davomida 3 651 ta holatda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jabrlangan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,8 foizga kamaygan. Noqonuniy migratsiyani tashkil etish bilan bog‘liq 248 ta jinoyat sodir etilgan, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.