Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasidagi mehnat migrantlari oʻrtasida ommaviy mushtlashuv yuz bergani, unda Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgani haqida xabarlar tarqaldi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, mushtlashuv joriy yil 8-fevral kuni Moskva viloyatidagi “Vildberries” omborxonasida bir guruh ishchi va qoʻriqchilar oʻrtasida yuz bergan.
Mahalliy politsiya xodimlari taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, ushbu ommaviy mushtlauvda Oʻzbekiston fuqarolari ishtirok etmagan.