Rossiyada mehnat migrantlari va ish beruvchilar elektron roʻyxatdan oʻtishlari shart

    Dolzarb 27 Mart 2021 338

    Endi Rossiyada ishlash uchun chet ellik ishchilar va salohiyatli ish beruvchi tashkilotlarning elektron roʻyxatdan oʻtishi shart boʻladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi IIV matbuot markazida xabar berildi.

    Unda maʼlum qilinishicha, hozirgi paytda IIV tegishli qonun hujjati loyihasini tayyorlayapti ekan. Mazkur hujjatga asosan endi chet el fuqarolarini ishga jalb etish tartibini ikkita elektron roʻyxat joriy etish yoʻli bilan isloh qilish koʻzda tutilgan ekan: chet ellik ishchilar va ularga ish beruvchilar roʻyxati.

    “Chet ellik ishchilar ham tegishli roʻyxatdan oʻtgach ishlay oladi, ish beruvchilar, ularning mehnati va xizmatiga buyurtma beruvchilar ham xuddi shunday roʻyxatdan oʻtgach ishchilarni mehnatga jalb eta oladi”, — deb taʼkidlanadi IIVda.

    Mazkur qonun hujjatini tayyorlashda manfaatdor vazirliklar ishtirok etyapti. Migratsiya haqidagi qonunning yangi qoidalarini amalga oshirishning barcha masalalarini ishlab chiqish maqsadida hujjat muhokamasiga ekspert va biznes-uyushmalari ham jalb etilgan.

    Shu bilan birga IIV vakilining taʼkidlashicha, migrantlarning mehnat birjalari tuzish, tibbiy xizmat koʻrsatish uchun polislar, shuningdek chet el fuqarolarini ishga jalb etuvchi ish beruvchilarga imtiyozlar berish boʻyicha tashabbuslar ishlab chiqilmagan va taklif etilmagan, deb xabar beradi TASS.