«Mehnat migratsiyasini tartibga solish mexanizmlarini modernizatsiya qilish, migratsiya sohasidagi xavfsizlik va qonun ustuvorligini ta'minlash, shuningdek, migratsiya sohasidagi davlat boshqaruvi tizimini kompleks axborotlashtirish rejalashtirilmoqda», deyiladi xabarda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko'ra, ushbu raqamli tizim doirasida ma'lumotlar bazasi yaratiladi. Unda mamlakatga tashrif buyuruvchi barcha shaxslar to'g'risidagi ma'lumotlar saqlanadi.

Bundan tashqari,  mobil ilova shaklida ishlab chiqiladigan platformada migrantlar  zarur davlat xizmatlarini va tegishli xabarnomalarni olishi mumkin bo'lgan shaxsiy kabinetni yaratish ko'zda tutilgan.