“Belgorod viloyatining Dolgoe qishlog'ida joylashgan Gubkin neft bazasiga uchuvchisiz uchish uskunasi hujum qildi. Bitta rezervuar yonmoqda. O't o'chirish poyezdi voqea joyiga yo'l oldi”, deyiladi xabarda.

Rossiya matbuotiga ko'ra, dastlab “portlash sodir bo'lgan, shundan so'ng infratuzilma obyektida yong'in boshlangan”.

Jabrlanganlar yo'q, favqulodda xizmatlar voqea joyida ishlamoqda, deb xabar beradi korrespondent.net.