Shuningdek, joriy yilning sentyabr` oyida Moskva shahriga ishlash uchun borgan namanganlik 51 yoshli J.B. baxtsiz hodisa sababli oyog'idan og'ir jarohat oladi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ushbu fuqarolarni Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo'llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg'armasi mablag'lari hisobidan 19 va 21 noyabr` kunlari Moskva – Toshkent aviareyslari orqali Vatanga qaytardi.

Fuqarolar Agentlik xodimlari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida tez tibbiy yordam brigadasini jalb qilgan holda kutib olinib, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markaziga kuzatib qo'yildi.