Rossiyada o'smirlarni “Sputnik V” vaksinasi bilan emlashga ruxsat berildi

    — 14 yoshdan oshgan o'spirinlarni “Sputnik V” vaksinasi bilan emlashga qarshi ko'rsatma yo'q. Sog'liqni saqlash vazirligi hozirgi vaqtda ushbu toifadagi bolalarni COVID-19ga qarshi emlash bilan to'liq qamrab olish masalasi ustida ishlamoqda, — dedi Gamaleya nomidagi epidemiya va mikrobiologiya instituti direktori Aleksandr Gintsburg.

    “Bola boladan farq qiladi, uning organizmi ham, buni yaxshi bilamiz, ammo 14-15 yoshli o'spirinlarda ushbu vaksinadan foydalanish uchun qarshi ko'rsatmalar yo'q. Shu bois, ayni paytda Rossiya Sog'liqni saqlash vazirligi amaldagi reglamentni hozirgi va ehtimol, kelajakdagi muammolarga samarali javob beradigan tarzda moslashtirish masalasida faol ish olib bormoqda. Bu esa oxir-oqibat ushbu toifadagi bolalarni emlashga jalb qilishga imkon yaratishi mumkin”, — dedi Ginsburg.

    2020 yilning avgust oyida Rossiya Sog'liqni saqlash vazirligi Gamaleya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksina — COVID-19ni ro'yxatdan o'tkazdi. Unga “Sputnik V” nomi berildi. Vaksina yaxshi o'rganilgan va tasdiqlangan nofaol virusga asoslangan bo'lib, uning muhim jihati xavfsizligi va samaradorligidir.