Qayd etilishicha, shu yilning 29-mart kuni Toshkent xalqaro aeroportida Moskvadan uchib kelgan samolyot qabul qilib olindi.
Jarayon davomida Oʻzbekistonning RFdagi elchixonasi bolalarni vatanga qaytarish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish ishlarini oʻz vaqtida amalga oshirdi.
Bolalar vaqtincha Toshkent shahar IIBB qoshidagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirilib, ularning 4 nafari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan oldindan tayyorlangan oʻz oilalariga, 7 nafari esa vasiylik va homiylik tayinlangan holda yaqin qarindoshlariga topshiriladi.
Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy yordam ularning kelgusidagi yashash joylarida ham davom ettiriladi.