Qayd etilishicha, Sankt-Peterburg va Moskvadagi Oʻzbekiston Respublikasi konsullik idoralari bolalarni davlatimiz fuqarosi sifatida identifikatsiya qilish va ularga qaytish sertifikatlarini rasmiylashtirish boʻyicha barcha choralarni koʻrdi.
Hozirda bolalar vaqtincha Toshkent shahar IIBB qoshidagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirildi.
Olib kelingan 16 nafar bolalarning 11nafari ota-onalariga, qolganlari esa vasiylik asosida qarindoshlariga topshirildi.