Rossiyada oʻzbek milliy mahsulotlari koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi

    Dolzarb 29 Oktabr 2020 645

    Noyabr-dekabr oylarida “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar koʻrgazmalari oʻtkaziladi.

    Hukumatning tegishli farmoyishiga binoan, Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirish hamda yana-da kengaytirish, shuningdek, Rossiya ishbilarmonlik doiralari va jamoatchiligini mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan keng tanishtirish maqsadida noyabr-dekabr oylarida “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar koʻrgazmalari oʻtkaziladi.

    Jumladan, koʻrgazmalar quyidagi shaharlarda boʻlib oʻtadi:

    Samara - 10-14-noyabr;
    Sankt-Peterburg - 23-24-noyabr;
    Qozon - 1-2-dekabr;
    Moskva - 15-16-dekabr.

    Shuningdek, Hukumat farmoyishi bilan masʼul tashkilotlarga koʻrgazmalarni samarali oʻtkazish bilan bogʻliq tegishli topshiriqlar berildi.