Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirish hamda yana-da kengaytirish maqsadida ochilgan koʻrgazmada elektrotexnika sanoati mahsulotlari namoyish etilyapti.
Xususan, «Oʻzeltexsanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi kabel-sim, yuqori kuchlanishli va maishiy texnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar oʻz mahsulotlari bilan katta pavilyondan joy olgan.
Bundan koʻzlangan asosiy maqsad – Rossiya ishbilarmonlik doiralari va jamoatchiligini mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan keng tanishtirish va bu orqali yangi hamkorlik shartnomalarini imzolashdan iboratdir, deb xabar beradi «Oʻzeltexsanoat» uyushmasi matbuot xizmati.