Rossiyada o'zbekistonlik fuqarolar bo'lgan avtobus halokatga uchradi

    Amur viloyatida (Rossiya Federatsiyasi) avtobus halokatida jarohatlanganlar Turkiya, Tojikiston va O'zbekiston fuqarolaridir, deya xabar bermoqda TASS hududiy tergov qo'mitasining tergov boshqarmasiga tayanib.

    Svobodniy shahri tomon harakatlangan Amur gaz-kimyo majmuasi qurilishida ishtirok etgan smena ishchilarini olib ketayotgan avtobus qarama-qarshi chiziqqa chiqib ketgan Toyota Probox bilan to'qnashib ketgan va ag'darilib ketgan.

    “Avtobusda asosan Turkiya fuqarolari, shuningdek, Tojikiston va O'zbekistondan kelgan ishchilar bo'lgan”, dedi TASS agentligiga Amur viloyati bo'yicha tergov qo'mitasi.

    Avtobusdagi barcha yo'lovchilar xorijliklar – Turkiyaning Yamata kompaniyasi xodimlari bo'lgan, deya aniqlik kiritdi agentlik.

    Viloyat Sog'liqni saqlash vazirligi yo'l-transport hodisasida bir kishi halok bo'lgani, 49 kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edi. Ulardan 13 nafari travmatologiya bo'limida bo'lib, ahvoli o'rtacha og'irlikda, bir nafarining ahvoli og'ir bo'lib, u reanimatsiyada.

    Yo'l-transport hodisasi yuzasidan jinoiy ish ochildi, deb xabar berdi vesti.ru.