Rossiyada qarovsiz qolgan bola Oʻzbekistonga qaytarildi

    Shu yilning 12-sentyabr kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Ichki ishlar vazirligi masʼul xodimlarining koʻmagi ostida Rossiya Federatsiyasidan Toshkentga olib kelingan bola buvisining qaramogʻiga topshirildi.

    Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

    Qayd etilishicha, ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan endilikda ularga oʻzlarining yashash manziliga yaqin “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan bir qator ijtimoiy xizmatlar, jumladan, bolalarning oʻzlari va ularning oila aʼzolariga psixologik va huquqiy yordam koʻrsatib borish belgilangan.

    Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi koʻmagida Ichki ishlar vazirligi masʼul xodimlari hamrohligida xorijiy mamlakatlarda ota-ona qaramogʻisiz qolgan va yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilgan voyaga yetmagan bolalarni olib kelinguniga qadar ularni oilalariga qaytarish va jamiyatga ijtimoiylashuvini tashkil etish boʻyicha zarur tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.