Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Bolalar Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi Moskva shahri Bosh boshqarmasining Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markazi xodimlari tomonidan “MDH ishtirokchi davlatlarining voyaga yetmaganlarni doimiy yashash joyiga qaytarish masalalarida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim” doirasida vataniga qaytarilgan.
Maʼlumot uchun, shu yilda chet davlatlarda qarovsiz qolib ketgan jami 100 nafar bolalar yurtimizga qaytarilib, ota-onalari yoki yaqin qarindoshlari qaramogʻiga topshirildi.