Bu haqda Tashqi mehnat Migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari hududlaridagi turli korxonalarda boʻlib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.
Permdagi “RegionStroy”, Sankt-Peterburgdagi “StroyKraft” korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ularning ish beruvchisi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Boshqirdiston davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan oʻzbekistonlik yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
2023-yil fevral oyida Permda ishlash uchun borib, qiyin ahvolda qolgan yurtdoshimiz Perm – Namangan aviareysi orqali Vatanga qaytarildi.
Volgogradda mehnat qilayotgan hamyurtlarimizga huquqiy yordam koʻrsatildi.