Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan 17 nafar yurtdoshimiz Oʻzbekistonga olib kelindi

    Ijtimoiy hayot 24 Noyabr 2020 3148

    Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan hamkorlikda Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridan 7 nafar, Moskva shahridan 15 nafar qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarimiz charter reys orqali mamlakatimizga olib kelingani haqida xabar berilgan edi.

    Ana shunday toifadagi fuqarolardan yana Yekaterinburgdan 1 nafari, Qozondan 2 nafari, Moskvadan 2 nafari, Boshqirdistondan 5 nafari, Sankt-Peterburgdan 7 nafari charter reys orqali yurtimizga olib kelindi.

    Taʼkidlash joiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Xalqaro migratsiya tashkiloti va mamlakatimizning Moskva shahridagi elchixonasi koʻmagida olib kelinayotgan yurtdoshlarimiz asosan, kasalmand, homilador va boquvchisini yoʻqotgan fuqarolar toifasiga kiradi.