Halokat haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Vazirlik ma'lumotlariga ko'ra, hodisa Moskva vaqti bilan soat 19:00 atrofida rejalashtirilgan o'quv parvozi paytida sodir bo'lgan. Samolyot o'q-dorisiz uchayotgan edi va aholi yashamaydigan hududga qulab tushgan. Ekipajning ikkala a'zosi ham halok bo'ldi.
Kareliya rahbari Artur Parfenchikov qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi va ularga barcha zarur yordamni ko'rsatishga va'da berdi.
“Men qurbonlarning oila a'zolariga va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildiraman. Biz ularga zarur yordamni ko'rsatamiz”, deb yozdi u o'zining Telegram kanalida.
Mudofaa vazirligining ma'lumotlariga ko'ra, mahalliy aholi orasida hech kim jarohatlanmagan, chunki halokat aholi yashaydigan joylardan uzoqda, o'rmonli hududda sodir bo'lgan, deb xabar berdi inform.kz.







