Rossiyada taktik yadroviy mashgʻulotlarning ikkinchi bosqichi boshlandi

    Rossiya Mudofaa vazirligining xabar qilishicha, Rossiya va Belarus davlatlari oʻrtasida strategik boʻlmagan yadroviy mashgʻulotlarning ikkinchi bosqichi boshlandi.

    Mashgʻulotlar Rossiya va Belarus davlat harbiy xizmatchilari oʻrtasida oʻtkazilmoqda. Undan koʻzlangan maqsad harbiy texnikalarning jangovor holatini tekshirish va ikki davlatning hududiy yaxlitligini taʼminlashga qaratilgan.

    – Mashqlar davomida ikki davlat qurolli kuchlari, strategik boʻlmagan yadro qurollaridan foydalanish boʻyicha birgalikda mashgʻulotlar olib boradi. Shuningdek, yadroviy texnikalarni jangovor shay holatga keltirish masalalari ishlab chiqiladi, – deyiladi mudofaa vazirligi xabarida.

    Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiylarga Rossiya hududi boʻylab taktik yadroviy qurollarni joylashtirishni buyurgan edi.