Rossiya Prezidentining 2020-yil 15-iyundagi 392-sonli farmoni bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, bugundan, ya'ni 16 iyundan boshlab Rossiya Federatsiyasi hududida chet el fuqarolarining ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma, shu jumladan patent rasmiylashtirish zarur bo‘ladi.

Shuningdek, farmon bilan:

- chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Rossiya Federatsiyasida vaqtincha bo'lish, vaqtincha yoki doimiy yashash, yashash joyida ro‘yxatda turish muddatlari 2020-yilning 15-sentabrgacha tugashi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ushbu muddatlarni tugatmaslik;

- Rossiya Federatsiyasidan ma'muriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning mamlakatdan ixtiyoriy chiqib ketish, deportatsiya qilish muddatlarini 2020-yilning 15-sentabriga qadar uzaytirish belgilangan.