Ushbu bitimlarga muvofiq quyidagi hollarda huquqiy himoya qilish koʻzda tutilgan:

mehnatga haq toʻlash tartibi boʻyicha - ish beruvchi tomonidan hujjat bilan tasdiqlangan qarzdorliklarni undirishga oid daʼvolarni sudgacha boʻlgan tartibda yoki sud tartibida hal qilish;

mehnat majburiyatlarini bajarish vaqtida mehnat migrantining sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchi tomonidan moddiy va maʼnaviy zararlarni qoplashga oid daʼvolarni sudgacha boʻlgan tartibda yoki sud tartibida hal qilish masalalari;

ishchining mehnat vazifalarini bajarish jarayonida vafot etishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash yoki mehnat vazifalarini bajarishda sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun moddiy toʻlovlarni undirish yuzasidan sugʻurta polisi yoki Rossiya Federatsiyasi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan sugʻurta toʻlovlariga oid daʼvolarni sudgacha boʻlgan tartibda yoki sud tartibida hal qilish masalalari;

Rossiya Federatsiyasidan maʼmuriy chiqarib yuborish toʻgʻrisida noqonuniy qabul qilingan sud qarorlarini bekor qilish yuzasidan appelyatsiya va kassatsiya tartibida shikoyat kiritish borasidagi yuridik harakatlar.

Yuridik xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlarga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat migrantlarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.