Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, Vazirlar Mahkamasining (6-son, 07.01.2020-y.) “Xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolarining bolalarini Oʻzbekistonga qaytarish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori va IIVning tegishli farmoyishiga asosan ishchi guruh tuzilib, Ichki ishlar organlari, SSV, Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xodimlari hamkorligida oʻzga yurtda qarovsiz, nazoratsiz qolib, yordamga muhtoj Voyaga yetmagan bolalarni vatanga olib kelish choralari koʻrildi.

Ishchi guruh aʼzolari Rossiyaning turli shaharlarida bolalar qayerda saqlanayotgani, ularning salomatligi qay ahvolda ekanini aniqlab, kerakli hujjatlarni toʻplagan. Safar davomida qabul qilib olingan bolalarning har biri SSV xodimlari tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi va ular vatanga olib kelindi.