Rossiyadagi oʻzbekistonlik mehnat migrantlariga 2020-yil 15-dekabrgacha imtiyozlar berildi

    Ijtimoiy hayot 24 Sentabr 2020 1584

    Avvalroq Rossiya Federatsiyasi hududidagi mehnat migrantlariga 2020-yil 15-dekabrgacha imtiyozlar berilishi rejalashtirilyotgani xabar qilingan edi.

    Joriy yil 23-sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidentining “Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2020-yil 18-apreldagi “Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holatini yangi koronavirus infeksiyasi keng tarqalishi xavfi munosabati bilan tartibga solish boʻyicha vaqtinchalik chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 274-sonli farmoniga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi 580-sonli farmoni qabul qilindi.

    Mazkur farmonga koʻra,

    - 15-martdan keyin muddati tugagan va IIV bazasida boʻlgan barcha roʻyxatdan oʻtish hujjatalarining muddati 15-dekabrgacha uzaytirildi;

    - chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan maʼmuriy chiqarib yuborish, deportatsiya qilish, ilgari berilgan vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma, yashash uchun ruxsatnoma, ishlash uchun ruxsatnoma va patentni bekor qilish, shuningdek Rossiyaga kirishni taqiqlash kabi choralar qoʻllanilmaydi. Rossiya Federatsiyasi davlatchiligi va milliy xavfsizligiga nisbatan sodir etilgan yoki shunga tenglashtirilgan ogʻir jinoyatlar sodir etgan fuqarolar bundan mustasno;

    - 14-martdan keyin muddati tugagan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar (pasport) bilan Roossiya Federatsiyasini tark etish mumkin;

    - 15-dekabrgacha migratsiya kartada nima yozilishidan qatʼi nazar patent olish mumkin.