Rossiyadagi YTH oqibatida 5 nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi

    Holat Bosh konsulxona nazoratiga oldi va halok boʻlganlar jasadini Vatanga qaytarish ishlarini amalga oshirish choralari koʻrilmokda

    Rossiyaning Ulyanovsk viloyatida Oʻzbekiston fuqarolari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi, deya xabar bermoqda Oʻzbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulxonasi

    Qayd etilishicha, holat 17-dekabr ertalab soat 05:10 atrofida Ulyanovsk viloyatidan oʻtadigan Saransk — Surskoye — Ulyanovsk yoʻnalishida sodir boʻlgan.

    «Ming afsuski, mudhish yoʻl transport hodisasi oqibatida 5 nafar Oʻzbekiston fuqarolari (A.A. 1977-y.t., J.I., 1988-y.t., K.S., 1975-y.t., K.A., 2004-y.t. va B.O., 1977-y.t.) halok boʻlgan.
    Oʻzbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
    Ushbu holat Bosh konsulxona nazoratiga olinib, vakolatli organlar bilan muvofiqlashtirish ishlari olib borilib, halok boʻlganlarni jasadlarni Vatanga qaytarish ishlarini amalga oshirish choralari koʻrilmokda«, — deyiladi xabarda.