Rossiyadan 14 ta yangi metro vagoni olib kelinadi

    2022 yilning sentyabr oyidan metro xizmatidan foydalanuvchi yo'lovchilarning soni 500 mingdan ortishi kutilmoqda. 

    Metropolitendan foydalanayotgan yo'lovchilar oqimi xususidagi o'rganishlar xulosasiga ko'ra, 2021 yilga qaraganda hozirgi vaqtda yo'lovchilar soni 150-200 mingga ortgan. Kunlik yo'lovchilar soni esa 450-480 mingni tashkil qilmoqda. 2022 yilning sentyabr oyidan metro xizmatidan foydalanuvchi yo'lovchilarning soni 500 mingdan ortishi kutilmoqda.

    Poezdlar harakatining oraliq intervali ertalabki tig'iz vaqtlarda qisqartirilmoqda.

    Kelgusida intervallarni yanada kamaytirish maqsadida Rossiya Federatsiyasining “Metrovagonmash” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy turdagi 14 ta yangi harakat tarkiblarini harid qilinishi rejalashtirilgan.