Rossiyadan charter reyslar orqali Oʻzbekistonga qaytish istagidagi fuqarolar diqqatiga!

    Dolzarb 7 Iyul 2020 1424

    Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq xorijdan, xususan Rossiyadan Oʻzbekiston fuqarolarini Vatanga olib kelish uchun charter reyslar jadvali eʼlon qilingan edi.

    Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi maʼlumotiga koʻra, Rossiya Federatsiyasidan Oʻzbekistonga rejalashtirilgan charter reyslar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritilishi kutilmoqda.

    Shu munosabati bilan fuqarolardan aviachiptalar xarid qilishda shoshmaslikni, norasmiy maʼlumotlarga ishonmaslikni soʻraymiz.

    Ushbu masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli tashkilotlari rasmiy xabarlarini kutish tavsiya etiladi.