Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 46, 169-modda 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir qilib, sud organlaridan yashiringanligi fuqaroga Jinoyat ishlari boʻyicha Romitan tuman sudi tomonidan 2020-yil 10-fevral kuni qidiruv eʼlon qilingan.
Romitan tumani “Chandir” mahallasida roʻyxatda turuvchi, 1997-yilda tugʻilgan X.S. viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Rossiya Federatsiyasining Voronej viloyati hududida yashirinib kelayotgan joyi aniqlangan.
Natijada Oʻzbekiston Respublikasiga kelishi taʼminlanib, “Buxoro xalqaro aeroporti”da qoʻlga olinib, Ichki ishlar boshqarmasi Probatsiya va jazoni ijro etish boʻlimiga qarashli 4-son Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati