Rossiya Federatsiyasi Orsk shahri neftni qayta ishlash zavodidan Toshkent shahri, Sirgʻali 5-dahasida joylashgan “Carpe Diem Energy” MCHJ xorijiy korxonasiga 7 ta sisterna vagonlarga yuklangan AI-95 markali benzin maxsulotlari yuborilgan.
Gumondorlar benzinni oʻgʻirlab olish ketish uchun vagonlarning tepa qismidagi lyukiga oʻrnatilgan tamgʻalarni kesib, vagonlarning lyuklarini ochgan. Oʻzlarining neft maxsulotlarini tashishga moʻljallangan transport vositalariga yuklab olib, voqea joyidan yashirinishgan.
Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamentining xabar berishicha, mazkur xolat yuzasidan B.S va boshqalarga nisbatan Tergov boshqarmasi OʻMIB tergovchisi mayor A.X.Ergashev tomonidan JKning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov xarakatlari olib borilmoqda.