Rossiyadan Oʻzbekistonga maxsus poyezdlar qatnovi qoʻyiladi

    Transport 24 Avgust 2021 1283

    Pandemiya davrida Rossiya hududida qolib ketgan yurtdoshlarimizni Oʻzbekistonga olib kelish maqsadida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ quyidagi maxsus reyslarni yoʻlga qoʻyadi:

    27-avgust soat 20:57 da 483-sonli yoʻlovchi poyezdi Voljskiy — Toshkent yoʻnalishida harakatini amalga oshiradi.

    30-avgust soat 12:35 da 446-sonli yoʻlovchi poyezdi Tolyatti — Toshkent yoʻnalishida harakatini amalga oshiradi.

    Mazkur poyezdlarga faqat bir tomonga, yaʼni Voljskiy -Toshkent hamda Tolyatti -Toshkent yoʻnalishlariga chiptalar sotiladi.

    Rossiyadagi fuqarolarimizning yaqinlari Oʻzbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan e-ticket.railway.uz veb-sayti orqali chiptalarni elektron tarzda xarid qilib, joʻnatishlari ham mumkin, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati matbuot xizmati.