Rossiyadan yana 17 nafar murakkab vaziyatda qolgan fuqarolar olib kelindi

    Transport 25 Sentabr 2020 1119

    Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan kelishuvga muvofiq, Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridan 7 nafar qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarimiz charter reys orqali mamlakatimizga olib kelingani haqida xabar berilgan edi.

    Bugun ana shunday toifadagi fuqarolardan yana 17 nafari Moskva shahridan charter reys orqali yurtimizga olib kelindi.

    Taʼkidlash joiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Xalqaro migratsiya tashkiloti va mamlakatimizning Moskva shahridagi elchixonasi koʻmagida olib kelingan yurtdoshlarimiz asosan, kasalmand, homilador va boquvchisini yoʻqotgan fuqarolar toifasiga kiradi.