Muzokaralarda Rossiyada ishlash istagida bo‘lgan nomzodlarni tashkillashtirilgan tartibda ishga yo‘naltirish mexanizmlarini takomillashtirish hamda borishdan oldingi asosiy jarayonlarni O‘zbekistonning o‘zida tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, "bir joyda barcha jarayonlar" tamoyili asosida kompleks markaz tashkil etish taklif qilindi. Unda safardan oldi testlari, tibbiy ko‘rik, biometriya va daktiloskopiyadan o‘tish, hujjatlarni tekshirish ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, rus tili imtixonlarini topshirish uchun Toshkentga kelishi bilan bog‘liq vaqt va xarajatlarini kamaytirish maqsadida jarayonlarni hududlarda tashkil etish masalasi ko‘tarildi. Buning uchun 4 ta hududda zarur infratuzilma tayyorlangan.
Asosiy maqsad — Rossiyada ishlashni rejalashtirganlar qayerda, qaysi korxonada va qanday sharoitda ishlashini aniq bilishi, zarur hujjat va jarayonlarni oldindan rasmiylashtirishi hamda aniq ish beruvchining buyurtmasi asosida qonuniy va tushunarli yo‘l bilan borishini ta’minlash.