Rossiyaga koʻplab migrantlar kerak

    Dolzarb 12 Aprel 2021 381

    Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov eʼlon qilgan.

    “Soʻngi yilda bizda migrantlar juda oz qolgani haqidagi haqiqatni aniq taʼkidlay olaman. Zarur rejalarimizni amalga oshirishimiz uchun ham bizga aynan ana oʻsha migrantlar juda-juda yetishmayapti”, — deb eʼlon qilgan oʻtgan hafta jurnalistlar bilan uchrashuvda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

    Peskovning baholashicha, migrantlar eng avvalo qurilish va qishloq xoʻjaligi sohalarida yetishmayapti.

    “Biz hozir qurayotganimizga nisbatan koʻproq qurishimiz kerak. Sezilarli darajada koʻp qurishimiz zarur”, — deb qoʻshimcha qilgan u.

    Rossiya Federatsiyasi hududida migrantlarning kamayishi rasmiy tizimlarda avval ham maʼlum qilingan.

    “Rossiya Federatsiyasida har yili 9 milliondan 11 milliongacha chet elliklar boʻladi. Bu yil ularning soni sekin-asta qisqara bordi va hozirgi paytda taxminan 6 million nafarni tashkil etadi”,— deb xabar bergan oʻtgan yilning soʻngida mamlakat Ichki ishlar vazirligi.

    Yana shu ham maʼlum boʻldiki, Rossiya IIV “chorasiz qolgan” noqonuniy migrantlarning mamlakat hududida boʻlishini qonuniylashtirishni osonlashtirish boʻyicha Qonun loyihasini ishlab chiqyapti. Vazirlikdan maʼlum qilinishicha, uzoq yillar Rossiya Federatsiyasi hududida noqonuniy yashab turgan migrantlar uchun mamlakat fuqaroligini olishni soddalashtirish koʻzda tutilyapti, deb xabar beradi “Argumentы nedeli”.