Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazida A.Gertsen nomidagi Rossiya (Sankt-Peterburg) davlat pedagogika universiteti eksperti Yelena Aleksandrovna Salman tomonidan seminar tashkil etildi.

Xorijiy ekspert seminar davomida pedagogika va tillarni o'qitish  ta'limida mavjud yangi tendentsiyalar, zamonaviy ta'lim trendlari, o'z ish tajribasiga to'xtalib, soha rivojiga oid taklif va tavsiyalar berdi. Xususan, ta'lim sifatini baholash, ta'lim oluvchining  kreativ tafakkurini rivojlantirish muammolari tahlil qilindi.

Markaz direktori Mohira Xoliqova tomonidan mamlakatimiz ta'limi, xususan, andragogika - kattalar ta'limi tizimida olib borilayotgan islohotlar, XXI asr axborot-ta'lim muhitini zamonaviy talablar asosida tashkil etish tajribalari haqida ma'lumot berildi.