Rossiyalik olimlar bakteriyalar yordamida oltin ajratib olish usulini ishlab chiqishdi

    Ishlanmada Krasnoyarsk va Yakutskdagi ikkita federal universitet hamda Rossiya Fanlar akademiyasining Sibir bo'limi vakillari ishtirok etdi.

    Bakteriyalar Krasnoyarsk o'lkasidagi oltin konlarida topilgan. Ular rudadan oltin va surma mineral qoldiqlarini olish imkonini beradi. Oltin va surma bo'lgan minerallar olinadigan moddalardan kollektiv konsentrat ajratib olinadi.

    Bakteriyalar foydali qazilmalar mavjud bo'lgan muhitiga moslashgan. Olimlar ulardan eng mos shtamlarini tanlab, ko'paytiradi.

    Mutaxassislarning ta'kidlashicha, mikroorganizmlardan foydalanish an'anaviy reagentlardan foydalanishdan ko'ra atrof-muhit uchun xavfsizroq, shuningdek, arzonroq va energiya tejamkor, deb xabar beradi mir24.tv.