Rossiyalik oʻquvchilarining bir qismi masofadan dars oʻtishga qaytdi

    Voqea-hodisalar 11 Sentabr 2020 674

    Rossiyaning baʼzi maktablaridagi oʻquvchilarda koronavirus aniqlangandan keyin ular yana masofadan oʻqishga qaytdi, deb yozadi “Izvestiya”.

    Masofadan oʻqitish usuli Moskva, Ulan-Ude, Omsk, Kalmыkiya, Podmoskove, Ivanovo, Saratov, Kemerovo, Novosibirsk, Yaroslav oblastlarining va yana boshqa bir qancha hududlar maktablarida joriy etildi. Poytaxtning bir qancha maktablarida esa bir ikkita sinf oʻquvchilari uylariga qaytarilgani haqida xabar berilgan. Taʼlim vazirligida nechta oʻquv muassasasi karantinga yopilgani haqida jurnalistlarga aniq maʼlumot bera olmadilar.

    Shamollash belgilar aniqlangan oʻquvchilarning ota-onalaridan farzandlarini qaytarib olib ketish soʻralyapti. Baʼzi hollarda oʻqituvchilarning oʻzlari bolalarni uylariga kuzatib qoʻyishyapti. Keyin esa ota-onalari bolaning nima bilan kasallanganligini aniqlash sharti bilan. 37,1 va undan yuqori darajadagi tana harorati bilan sinfga kirib kelgan oʻquvchi boshqa oʻquvchilardan ajratiladi, tez tibbiy yordam chaqiriladi va uyiga xabar beriladi. Agar unda COVID-19 aniqlanmasa, oʻquvchi darsga qaytishi mumkin. Agar buning aksi boʻlsa, butun sinf izolyatsiya qilinadi.

    Avval Rossiya taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari Dmitriy Glushko Rossiya maktablarida koronavirus sanoqli darajada degan edi.