Tadbir “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va jamoat salomatligini mustahkamlash yili” doirasida erishilgan kelishuvlar va Davlat dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi tashabbusi va Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi koʻmagida tashkil etilyapti.

Toshkentda rossiyalik shifokorlar ilmiy-amaliy seminarlar, bemorlarni tekshirish va konsultatsiyalar, namunaviy jarrohlik operatsiyalari va mahorat darslarini oʻtkazishlari rejalashtirilgan, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi matbuot xizmati.