Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi rahbari Gulnora Bobojonova, “Yangi Oʻzbekiston”-“Pravda Vostoka” gazetalari bosh muharriri Salim Doniyorov va boshqalar ishtirok etgan uchrashuvda Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va Rossiya Jurnalistlar uyushmasi oʻrtasida jurnalistika sohasida hamkorlik qilish boʻyicha kelishuv mavjudligi, soha boʻyicha tajriba almashish, xususan, ikki davlat jurnalistlarining ijodiy, kasbiy malaka oshirish masalalari boʻyicha fikr almashildi.

Uchrashuvda mehmonga yurtimizda jurnalistlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning erkin faoliyat yuritishi, oʻz fuqarolik pozitsiyalarini nomoyon etishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, jurnalistlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan tanlovlar, xususan, ayni kunda ijodiy ishlarni qabul qilish va ularni uyushmaning Journalist.uz veb-saytida baholash ishlari qizgʻin davom etayotgan “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov, axborot va soʻz erkinligini taʼminlash boʻyicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, Uyushma va uning hududiy boʻlimlari, uyushma tizimi haqida maʼlumot berildi.

Tadbir doirasida Aleksandr Levin Milliy matbuot markazida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, bu yerda muhayyo etilgan qulayliklarga yuksak baho berdi.

Islom ASILBEKOV,

Jurnalistlar uyushmasi mutaxassisi.