O'z navbatida, O'zbekiston tomoni Rossiyadagi eng yirik va nufuzli turoperatorlar uyushmalaridan biri – ATOR (АТОР - Ассоциация туроператоров России) bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishga katta xohish bildirmoqda. 26-may kuni ATOR Internet portalida ishga tushirilgan "O'zbekiston akademiyasi" bunga yaqqol misol bo’la oladi.

Ma'lumot uchun: ATOR (Rossiya turoperatorlar uyushmasi) - Rossiyaning turli mintaqalaridagi yirik turoperatorlarni o'z ichiga olgan notijorat tarmoqli birlashmadir. ATOR 2007 yil 18 yanvarda tashkil etilgan bo'lib, uning a'zolari Rossiyadan tashrif buyuruvchilarning 80% dan ortig'ini, unga kirib keladigan oqimning 70% dan ko'prog'ini va ichki sayyohlarning 60% ni ta'minlaydi. 2009 yildan beri ATOR (UNWTO)ning assotsiatsiyalashgan a'zosi hisoblanadi.

Shu munosabat bilan, O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda Rossiya turoperatorlar uyushmasi tomonidan qo'shma loyiha - Rossiyadagi sayyohlik biznesi mutaxassislari va yangi boshlagan vakillari uchun har yili tashkil etiladigan Onlayn akademiya faoliyati yo’lga qo’yildi hamda u mamlakatimizning diqqatga sazovor joylarini rossiyalik sayyohlar orasida targ'ib qiladi. Diyorimiz haqidagi zarur ma’lumotlar O’zbekistonning yangi qiyofasini ochish imkonini beradi.

Akademiya 9 yo’nalishga ajratilgan bo'lib, u O’zbekistonga tashrif turpaketlari savdosining o'sishiga hissa qo'shadi, o'zbek xalqining tarixi, madaniyati va an'analari, turizm turlari, shaharlar, turistik markazlar, madaniy merosimiz haqida qiziqarli va foydali ma'lumotlar, dam olish joylari va boshqalarni o'z ichiga oladi.

O'qish doirasida onlayn kurslardan tashqari maxsus veb-seminarlar ham bo’lib o’tadi, ularning doirasida tegishli soha mutaxassislaridan mamlakat haqidagi barcha zarur ma'lumotlarni olish mumkin bo'ladi.

Akademiya ishi nafaqat turizm bilan bog'liq bo'lgan mutaxassislar uchun mo'ljallangan, balki O'zbekistonga shunchaki qiziqqan har qanday inson uchun foydalidir. Bundan mamlakat bo'ylab sayohat qilishda zarur va foydali maslahatlar o’rin olgan. Mazkur akademiya bitiruvchilari O'zbekistonga sayyohlik yo'nalishi bo'yicha mutaxassis sertifikati bilan birga o'quv kursi tashkilotchilarining sovg'alariga ham ega bo’lishadi.