Rossiyaliklar pandemiya sharoitida qancha ish haqiga rozi?

    Fikr 15 Iyun 2020 5963

    «Rabota.ru» xizmati tomonidan o'tkazilgan so'rovnoma natijalariga ko'ra, koronavirus bilan bog'liq vaziyat mamlakatda barqarorlashgach, rossiyaliklar bir oyda o'rtacha 74 ming rubl` ish haqi olish istagini bildirgan. YAnvar` oyida esa bu ko'rsatkich 92 ming rublni tashkil etgan edi.

    Fuqarolar kutayotgan ish haqi darajasi hududlarga qarab farq qiladi. Masalan, moskvaliklar 82 ming rubl`, sankt-peterburgliklar esa 72 ming rubl` olishni xohlashadi.

    erkaklar ayollarga nisbatan ko'proq maosh olish istagi borligini bildirgan. Bir oyda erkaklar 86 ming, ayollar esa 61 ming rubl` evaziga ishlashga rozi bo'lishgan.

    So'rovnomada ishtirok etganlarning 21 foizi 100 ming rubldan ortiq ish haqi olishni xohlaydi, 27 foizi 30 mingdan 50 ming rublgacha, 29 foizi 50 mingdan 70 ming rublgacha ish haqi bilan qoniqishini bildirgan.

    Pandemiya sharoitida Rossiya Mehnat vazirligi mamlakatda ishsizlar sonini 6 milliongacha etishini, Hisob palatasi rahbari Aleksey Kudrin esa 6 milliondan 9 milliongacha kishi ishsiz qolishi mumkinligini taxmin qilgan edi. Ayni paytda ishsizlar soni rasman 2 milliondan oshgan.