Rossiyaliklarning oʻzbekistonlik migrantlar haqidagi fikrlari oʻzgarmoqda

    Xalqaro hamkorlik 9 Iyul 2020 1089

    Rossiya Federatsiyasi prezidenti huzuridagi Xalq xoʻjaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi oylarda migrantlarning 40 foizi, mahalliy aholining esa 20 foizi ishsiz qolgan.

    Pandemiya paytida Rossiyada ishsiz qolgan mehnat migrantlari tomonidan pul topish maqsadida jinoyat sodir etish holatlari koʻpayishi bashorat qilingan edi. Ammo Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, bu davrda migrantlar oʻrtasida jinoyatchilik pasaygan. Aksincha, mehnat migrantlari inqiroz sharoitida hatto mahalliy aholiga nisbatan bir-birini koʻproq qoʻllab-quvvatlashga harakat qilishgan.

    Rossiya Federatsiyasi prezidenti huzuridagi Xalq xoʻjaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi oylarda migrantlarning 40 foizi, mahalliy aholining esa 20 foizi ishsiz qolgan.

    Mahalliy aholi yakkalanib qolgan, migrantlar esa vatandoshlarini qidirib, ularga yordam berishni boshlagan. Bu holat migrantlar toʻgʻrisidagi tasavvurlarni butunlay oʻzgartirdi, deya taʼkidlagan Xalq xoʻjaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi katta ilmiy xodimi Yevgeniy Varshaver.

    “Migrantlar yana-da hamjihatlashdi, koronavirusga va hukumat tomonidan taklif qilingan choralarga masʼuliyatliroq boʻlishdi. Shunday qiyin sharoitda tashkillashtirilgan holda bir-biriga yordam berishdi. Masalan, Oʻzbekistonda chet eldagi vatandoshlar uchun pul yigʻadigan maxsus jamgʻarmalar tashkil etildi va elchixona orqali ushbu pullar yetkazib berildi hamda oziq-ovqat mahsulotlari shu yerda tarqatildi. Oʻylaymanki, hozir hammasi asta-sekin oʻz iziga qaytmoqda”, – deydi Yevgeniy Varshaver.